Apandi o'tin yasash uchun daraxga chiqib o'zi o'tirgan
shoxni arralavotganakan, ko'chadan o'tib ketvotgan kishi ko'rib qolib:
Ey Apandaka o'ziz o'tirgan shoxni qirqmen, sinsa o'ziz ham qo'shilib ag'anaysiz
debdi. Apandi unga: bor yo'lindan qoma, manga aql o'rgatma deb ishida
davom etibdi. Bir payt qats qurs qilib shox sinib Apandi ham qo'shilib
yiqilib tushibdi, keyin turib: haligi odam daxo ekanku deb o'rqasidan
yugiribdi, yetvolib unga etibdiki: Siz avliyo ekansiz, mani yiqilishimni
oldindan etib berdingiz, tan berdim sizga, endi mani qachon o'lishimni
ham etib berasiz debdi. Shunda haligi inson: yo'g'e man oddiy odamman,
sizni yiqilishizni yosh bola ham bilardiku debdi. Lekin Apandi gapida
qattu turib olibdi: qachon o'lishimni etasiz, etasiz, etmaganizga qo'ymaaayman
debdi. Keyin haligi odam e mandan nima ketti shu jinnidan qutilaqoli deb:
eshagiz uch marta o'sirganida o'lasiz debdi. Apandi raxmat deb uni qo'yvoribdi.
Keyin o'tinlarini eshakka ortib uyi tomonga ketibdi. Yo'lda bir toshloq
joyga kelganda eshak qiynalib JART etib chiqarvoribdi, apandi biiir debdi.
Keyin sal turib tepalikdan o'tayotganida eshak yana JART etib yel chiqarvoribdi,
apandi ikkii debdi. Keyin uyiga yaqin ko'prikdan o'tvotganida eshak jonvor
yana PORT etib gaz chiqarvorgan ekan Apandi uuch, oxx o'ldim endi deb
yerga o'zini tashab yotvobdi. Ancha yotibdi, uzooq yotibdi lekin hech
kim e'tibor bermabdi, aksiga olib ko'prikdan it ham o'tmabdi, oftobda
yotvurib zerikibdi, isib ketibdi, keyin voy padar lanatlarey deb o'rnidan
turib yugurib uyiga boribdi va eshikdan ichkariga baqiribdi: Apandaka
palon ko'prikda o'lib yotibdilaaaaaar deb. Keyin chopib borib yana o'sha
joyga yotvopdi. Uyidagilar qiy-chuv, baqir chaqirlar bilan kelib ko'tarib
opketishibdi. Keyin kapanlab tovutga solib ko'mgani qabristonga opketishvotgan
ekan oldiligidan kotta ko'lmak suv chiqib qolibdi, qayog'idan aylanib
o'tishni bilmay hayron bo'lib turishgan ekan, Apandi tovutdan boshini
chiqarib baqiribdi: chap tomondan aylanib o'tila, yo'l yaxshi, man doim
shuyoqdan yuraman debdi. Keyin odamla voydoooooood, ajinaaaaa deb tum
taraqay bo'lib qochib ketishibdi. |