Apandi o'tin yasash uchun daraxga chiqib o'zi o'tirgan shoxni arralavotganakan, ko'chadan o'tib ketvotgan kishi ko'rib qolib: Ey Apandaka o'ziz o'tirgan shoxni qirqmen, sinsa o'ziz ham qo'shilib ag'anaysiz debdi. Apandi unga: bor yo'lindan qoma, manga aql o'rgatma deb ishida davom etibdi. Bir payt qats qurs qilib shox sinib Apandi ham qo'shilib yiqilib tushibdi, keyin turib: haligi odam daxo ekanku deb o'rqasidan yugiribdi, yetvolib unga etibdiki: Siz avliyo ekansiz, mani yiqilishimni oldindan etib berdingiz, tan berdim sizga, endi mani qachon o'lishimni ham etib berasiz debdi. Shunda haligi inson: yo'g'e man oddiy odamman, sizni yiqilishizni yosh bola ham bilardiku debdi. Lekin Apandi gapida qattu turib olibdi: qachon o'lishimni etasiz, etasiz, etmaganizga qo'ymaaayman debdi. Keyin haligi odam e mandan nima ketti shu jinnidan qutilaqoli deb: eshagiz uch marta o'sirganida o'lasiz debdi. Apandi raxmat deb uni qo'yvoribdi. Keyin o'tinlarini eshakka ortib uyi tomonga ketibdi. Yo'lda bir toshloq joyga kelganda eshak qiynalib JART etib chiqarvoribdi, apandi biiir debdi. Keyin sal turib tepalikdan o'tayotganida eshak yana JART etib yel chiqarvoribdi, apandi ikkii debdi. Keyin uyiga yaqin ko'prikdan o'tvotganida eshak jonvor yana PORT etib gaz chiqarvorgan ekan Apandi uuch, oxx o'ldim endi deb yerga o'zini tashab yotvobdi. Ancha yotibdi, uzooq yotibdi lekin hech kim e'tibor bermabdi, aksiga olib ko'prikdan it ham o'tmabdi, oftobda yotvurib zerikibdi, isib ketibdi, keyin voy padar lanatlarey deb o'rnidan turib yugurib uyiga boribdi va eshikdan ichkariga baqiribdi: Apandaka palon ko'prikda o'lib yotibdilaaaaaar deb. Keyin chopib borib yana o'sha joyga yotvopdi. Uyidagilar qiy-chuv, baqir chaqirlar bilan kelib ko'tarib opketishibdi. Keyin kapanlab tovutga solib ko'mgani qabristonga opketishvotgan ekan oldiligidan kotta ko'lmak suv chiqib qolibdi, qayog'idan aylanib o'tishni bilmay hayron bo'lib turishgan ekan, Apandi tovutdan boshini chiqarib baqiribdi: chap tomondan aylanib o'tila, yo'l yaxshi, man doim shuyoqdan yuraman debdi. Keyin odamla voydoooooood, ajinaaaaa deb tum taraqay bo'lib qochib ketishibdi.
Shu bilan tamom bo'pti. :)))

Hosted by uCoz